Bugun universitetimizda 3-kurs sirtqi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun imtihon jarayonlari yuqori tartib-intizom asosida o‘tkazilmoqda.

Talabalar bilimini adolatli baholash, ularning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda ta’lim sifatini yanada oshirish maqsadida barcha sharoitlar yaratildi.

Imtihonlar belgilangan jadval asosida davom etmoqda.

Talabalarga muvaffaqiyat tilaymiz!