Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqand kampusida Koreya Respublikasining Yevroosiyo Buyuk ipak yo‘li instituti direktori Youn Myung Chul ishtirokida “Buyuk ipak yo‘li va Samarqand” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.
Psixologiya va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi tashabbusi bilan Koreya Respublikasining Yevroosiyo Buyuk ipak yo‘li instituti direktori Youn Myung Chul ishtirokida “Buyuk ipak yo‘li va Samarqand” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda tarix yo‘nalishi magistrantlari, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etishdi. Seminar davomida Buyuk ipak yo‘lining tarixiy ahamiyati va Samarqandning bu jarayondagi beqiyos hissasi haqida qiziqarli ma’ruzalar taqdim etildi.
Ilmiy muloqot va tajriba almashinuvi ruhida o‘tgan seminar ishtirokchilarga katta taassurot qoldirdi.
Oʼzbekcha
English
русский