STEAM ta’limi: XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirishning samarali vositasi
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqand kampusida Pedagogika kafedrasi v.b. dotsenti Amirullayeva Barno Abdulhaqovna tomonidan “STEAM ta’limi: XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirishning samarali vositasi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar amaliy mashg‘ulotlar shaklida o‘tkazilib, unda professor-o‘qituvchilar STEAM yondashuviga asoslangan topshiriqlarni bajarish orqali fanlararo integratsiya, muammoli vaziyatlarni hal etish hamda ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda faol ishtirok etdilar.
Oʼzbekcha
English
русский