“Silk Road Samarkand” majmuasida “Men g‘olib Run” shiori ostida tashkil etilgan marafonda Samarqand garnizoni harbiy xizmatchilari, sportchilar hamda Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqand kampusi jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Tadbir davomida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish, hamjihatlik va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Musobaqada universitet vakillari ham munosib natijalarni qayd etishdi. Xususan, pedagogika ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich magistranti Raximova Marjona faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘olib sportchimizga universitet rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirilib, uning yutug‘i yuksak e’tirof etildi.

Yil banneri

2026 год – Год развития махалли и повышения уровня общества