"O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida"gi Qonun 1992-yil 2-iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida qabul qilingan.

O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so'l tomonida bug'doy boshoqlari, o'ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iborat.

Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug' ramzidir.

Gerbning markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo'lgan afsonaviy Xumo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo'lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi.

Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrog'ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandiga "O'zbekiston” deb yozib qo'yilgan.

SamISI logo

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqand kampusi

Manzil belgisi Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Yasmin ko'chasi, 11-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998557056060

Email belgisi Email: ipu@ipu-edu.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqand kampusi. Barcha huquqlar himoyalangan