Bozorov Otabek Nashvandovich
Bozorov Otabek Nashvandovich
Texnika fanlari nomzodi, professor Bozorov Otabek Nashvandovich 1971 yil 10 iyunda Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida tug‘ilgan.
1988-1993 yillar Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati institutida tahsil olgan. 1993-1996 yillarda Toshkent kimyo-texnologiya institutining aspirantura bo‘limida o‘qigan.
1996-1998 yillarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti moliya va rejalashtirish bo‘limi boshliq o‘rinbosari vazifasidan ish faoliyatini boshlagan.
1998-2003 yillarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti marketing bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, 2004-2006 yillarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti elektrokimyo sikli muhandisi, 2006-2009 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti o‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi, 2009-2012 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti umumiy kimyo kafedrasi mudiri, 2012-2015 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi mudiri vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan.
2015 yil Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sanoat texnologiyasi fakulteti dekani, 2015-2022 yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori vazifalarida ishlagan.
2022 yildan hozirga qadar Iqtisodiyot va pedagogika universiteti nodavlat ta’lim muassasasi rektori vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.
Tashkilotchi rahbar Bozorov Otabek Nashvandovich tomonidan yaratilgan 30 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan o‘quv jarayonlarida keng foydalanilmoqda. Shu bilan birga 120 dan oshiq maqola nashr ettirgan (shulardan, 27 ta xorijiy, 25 ta Respublika va xalqaro jurnallarda maqolalar, 48 ta Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjuman to‘plamlaridagi tezislar), 2 ta patent, 7 ta DGU hamda 4 ta monografiyalar muallifi hisoblanadi.
Oʼzbekcha
English
русский