Nigora Raximovaning Scopusda maqolasi
Iqtisodiyot va Pedagogika universiteti Samarqand kampusi Xorijiy tillar kafedrasi dotsenti Nigora Raximova tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar Scopus bazasidagi Q2 kvartil jurnalida e’lon qilindi.
🔹 Resurslar cheklangan sharoitlarda mobil o‘quv tarmoqlarini optimallashtirish
🔹 Avtonomik hisoblashlardan foydalangan holda ta’lim muhitini rivojlantirish
🔹 Ubiquitous ta’lim muhitida talabalarning real vaqtli faolligini oshirishda kiyiladigan texnologiyalar va o‘rnatilgan tizimlardan foydalanish
Mazkur ilmiy izlanishlar zamonaviy ta’lim samaradorligini oshirish hamda innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etishga xizmat qiladi.
Oʼzbekcha
English
русский