Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqand kampusi tomonidan A.A. Umarov muallifligida “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” fanidan ma’ruza mashg‘ulotlari uchun uslubiy qo‘llanma tayyorlandi.

Mazkur qo‘llanmada mediasavodxonlikning zamonaviy tamoyillari, axborot madaniyati, internet tarmoqlarida xavfsizlik, feyk axborotlarni aniqlash, media makonda tanqidiy fikrlash hamda axborot bilan ishlash ko‘nikmalariga oid muhim ma’lumotlar jamlangan.

Qo‘llanma talaba-yoshlarning media va axborot madaniyatini oshirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish hamda zamonaviy axborot muhitida to‘g‘ri yo‘l topishiga xizmat qiladi.

Yil banneri

2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”