Mazkur tadbir bitiruvchi talabalar hamda ish beruvchi tashkilot va korxonalar o‘rtasida bevosita muloqot o‘rnatish, yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish maqsadida tashkil etildi. Mehnat yarmarkasida 200 dan ortiq tashkilot va korxonalar vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng universitet rektori Bozorov Otabek Nashvandovich so‘zga chiqib, bitiruvchi talabalarni muborakbod etdi hamda ularning kelgusi faoliyatiga omad va ulkan zafarlar tiladi. 

Yarmarkaga tashrif buyurgan mehmonlar ham so‘zga chiqib, universitet faoliyati hamda bitiruvchi talabalar haqida o‘zlarining iliq fikr va tilaklarini bildirdilar.

Tadbir davomida yil davomida o‘zining iqtidori, faolligi va tirishqoqligi bilan ajralib turgan bir qator talabalar taqdirlandi. Bu esa yoshlarni yanada faol bo‘lishga, bilim va salohiyatini oshirishga undaydi.

Yil banneri

2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”