Bo'limlar
Bo‘limning maqsad va vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2789 sonli “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqand kampusida Ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari va buyruqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi hamda Universitet Nizomi va Kengashi qarorlari, universitet rektorining buyruqlari ijrosini ta’minlash, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi innovatsion hamkorlikni muvofiqlashtirish, ustuvor, istiqbolli va ilg‘or ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqotlarni tashkil qilish faoliyatini amalga oshiradi.
O‘zFA ilmiy tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish birlashmalari bilan integratsiya jarayonini rivojlantirish asosida dolzarb fundamental va amaliy xarakterdagi ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini oshirish va kadrlar tayyorlashning o‘zaro manfaatli usullarini yaratish.
Kafedra va laboratoriyalarda olib borilayotgan ilmiy–tadqiqot ishlarida uslubiy boshqarishni tashkil etish.
Ilmiy-tadqiqot ishlarining ilmiy texnik samaradorligini oshirishishga ko‘maklashish.
Ilmiy-tadqiqot ishlari va uning taraqqyot yo‘nalishlari bilan bog‘liq omillarni o‘rganish hamda universitet jamoasi orasida ommaviylashtirish.
Universitet olimlarining fan va texnologiyalar sohasidagi ilmiy ishlanmalari, tayyor mahsulot va intellektual mulk iste’molchilari montoringini yaratish.
Asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- budjet va xo‘jalik shartnomasi asosida faoliyat olib boradigan mavzularni shakllantirish va rejalashtirish;
- ilmiy loyihalar tanloviga ishtirok etishni tashkil qilish, ularni yaratish bo‘yicha taklif va mulohazalarni to‘plash;
- universitet ilmiy ishlar rejasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
- ilmiy ishlar tizimi uchun zarur me’yoriy hamda uslubiy xujjatlarni ishlab chiqish;
- ilmiy ishlanmalarni amalda qo‘llash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqish;
- budjet va xo‘jalik sharnomasi asosida faoliyat yuritayotgan mavzularning xujjatlarini yurgizish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish;
- universitetning ilmiy faoliyati bo‘yicha yillik hisobotni tayyorlash va uni ilmiy kengashga taqdim etish;
- ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarining ko‘rsatgichlari bo‘yicha statistik tahlil o‘tkazish
Xalqaro, respublika, viloyat va universitet miqyosida o‘tkazilayotgan barcha ilmiy anjuman, seminar, seminar-treninglarning hisobotlarini ko‘rib chiqib, ulardagi dolzarb tavsiya va takliflarni vazirlikka hamda tegishli yuqori tashkilotlarga yetkazadi.
Ilmiy ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida O‘zFA tarmoq institutlari va boshqa tashkilotlar bilan rejali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Xolikulov Sherzod Bozorovich
Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i
Oʼzbekcha
English
русский