I. Axborot-resurs markazining umumiy qoidalar.

Universitetning Axborot-resurs markazi (keyingi o‘rinlarda Axborot-resurs markazi deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish manfaatlari yo‘lida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi hamda amalga oshiruvchi axborot-kutubxona muassasasi hisoblanadi.

Axborot-resurs markazi oliy ta’lim muassasasining tarkibiy bo‘linmasi sifatida oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga bo‘ysunadi.

Axborot-resurs markazi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari va Hay’at qarorlariga, oliy ta’lim muassasalari Kuzatuv kengashlari qarorlari va buyruqlariga, shuningdek, oliy ta’lim muassasasi ustavi va ta’lim muassasasi rahbariyatining buyruqlari va farmoyishlariga, ichki tartib qoidalari hamda ushbu Nizomga amalga qiladi.

Axborot-kutubxona fondidan foydalanish tartibi, asosiy xizmatlar ro‘yxati, ularni ko‘rsatish shartlari, foydalanuvchilarning huquqlari va javobgarligi Axborot-resurs markazidan foydalanish qoidalarida belgilanadi. Foydalanish qoidalari har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan mustaqil ishlab chiqiladi. Universitet Axborot-resurs markazining axborot-kutubxona fondi davlat mulki hisoblanadi.

Universitet Axborot-resurs markaziga umumiy, tashkiliy-metodik rahbarlik, uning ishini muvofiqlashtirish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

 

II. Axborot-resurs markazining asosiy vazifalari

Quyidagilar Axborot-resurs markazining asosiy vazifasi hisoblanadi: Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda axborot olishning manbai, shakli va metodlarini tanlash imkoniyatini ta’minlash tamoyili asosida talabalar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilar, shuningdek, aholining intellektual, bilim, ma’naviy-axloqiy va madaniy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun qulay shart-sharoitlar va keng axborot resurslari bazasini yaratish;

Axborot-resurs markazi faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda qatnashish, talabalar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilarga axborot-resurs markaz xizmati ko‘rsatish darajasini doimiy takomillashtirish va oshirishni hisobga olgan holda Axborot-resurs markazini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;

Talabalar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilarga xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlarini, shakl va metodlarini takomillashtirish, maxsus dasturiy komplekslarni joriy etish, elektron axborot-ma’lumot xizmatlarini yaratish, zamonaviy kompyuter vositalaridan va ma’lumotlar uzatish texnologiyalaridan foydalanish asosida Axborot-resurs markazi faoliyati jarayonlarining avtomatlashtirilishini ta’minlash;

Foydalanuvchilarga Axborot-resurs markazining resurslaridan foydalanishni ta’minlaydigan elektron xizmat ko‘rsatish, xorijiy kutubxonalar resurslari va ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalariga ulangan holda markazning yig‘ma elektron katalogini va elektron axborot-kutubxona fondini shakllantirish hamda yuritish;

Axborot-resurs markazi fondini milliy va chet el nashrlari bilan tizimli to‘ldirib borish, nodir va alohida qimmatli nashrlarning ehtiyotlab saqlash, qo‘lyozma kitoblar va nodir nashrlarni konservatsiya va restavratsiya qilishning zamonaviy metodlarini joriy etish, ularni ishonchli saqlashni ta’minlaydigan maxsus rejim sharoitlarida asrashni tashkil etish;

Yuqori malakali mutaxassislarni tanlov asosida tanlab olish, Axborot-resurs markazi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, kadrlar salohiyatini doimiy takomillashtirish.

 

III. Axborot-resurs markazining faoliyati.

Axborot resurs markazining fondida jami 7885  sondagi adabiyotlar mavjud bo‘lib, ulardan 2509 sonda darslik, o‘quv qo‘llanmalar, 5376  sonda badiiy adabiyotlar.

Barcha professor-o‘qituvchi va talabalar to`liq a’zo bo‘lishdi. Biz talabalarni kutubxonaga jalb qilish maqsadida, yangi kelgan kitoblar taqdimoti, yangi kitoblar ko‘rgazmasini tashkil etib kelamiz. Axborot resurs markazida elektron telegram kanali https://t.me/IPU_SamARM mavjud bo‘lib, unga ko‘pchilik professor-o‘qituvchi va talabalar a’zo bo‘lishgan.

Axborot resurs markazida 2 ta xodim ish olib boradi. Axborot resurs markazi 3 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, O‘quv zali, Kompyuter zali, Kitob tarqatish bo‘limi.

O‘quv zali -85 o‘ringa mo‘ljallangan.

Kompyuter zali -10 ta kompyuter mavjud.

Axborot resurs markazi zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan va to‘liq internet tarmog‘iga ulangan.

Xamrayeva Iroda Oxunovna
Icon

Xamrayeva Iroda Oxunovna

Icon

Axborot resurs markazi mudirasi

Yil banneri

2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”