Bo'limlar
O‘quv-uslubiy bo‘limning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
• Filial ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, filial tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash;
• Kampusda o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;
• Kampusdagi mavjud kafedralarining o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
• O‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
• Kampusdagi ta’lim jarayonini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va filial Ilmiy kengashiga tavsiya qilish;
• Kampusdagi mavjud kafedralar va tuzilmalarini o‘quv ishlarda yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va filial ta’lim jarayoniga tadbiq qilish;
• Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida yangi NIZOMni amaliyotga tadbiq etish;
• Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish rejasini shakllantirish;
• Talabalar davomatini tahlil etish;
• Kampus professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;
• Kampusdagi barcha fakultetlar va magistraturada joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil yetish va tahlil qilish;
• Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;
• Kampusadi shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
• O‘rindosh va soatbay dars o‘tuvchi o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
• Kampusdagi mavjud kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish;
• Professor – o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish;
• O‘quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;
• Amaliyotlarni tashkil etish va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanlash;
• Akademik litsey faoliyatini o‘quv-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish;
Nuriddinov Asliddin Erkinovich
O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i
Primov Inomjon Kamol o‘g‘li
O‘quv-uslubiy bo‘lim uslubchisi
Usmonov Ibrohim Ravshan o‘g‘li
O‘quv-uslubiy bo‘lim uslubchisi
Samatov Ulug‘bek Norta o‘g‘li
O‘quv-uslubiy bo‘lim uslubchisi
Oʼzbekcha
English
русский