BOSH BUXGALTER LAVOZIM VA VAZIFALARI:

·         O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;

·        Barcha tegishli platformalarda tashkilot kabinetini boshqarish;

·        Professor-o‘qituvchi va xodimlar oylik ish haqlarini, talabalar stipendiyalarini o‘z vaqtida hisoblashni va ularni tarqatilishini nazorat qilish;

·        Hisob varaqalarda aktivlarning holatini va harakatini, mulkiy huquqlar va majburiyatiarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotiarni shakllantirish;

·        Moddiy boyliklar va pul mablag‘lari inventarizasiyasini o‘z vaqtida o‘tkazish;

·        Samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;

·        Moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish;

·        Mahalliy va respublika byudjetiga hisoblangan soliqlarni o‘z muddatlarida o‘tkazish;

·        Bankdan olingan pul mablag‘larini maqsadli sarflash;

·        Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari paydo bo‘lishining oldini olish;

·        Ish haqi fondini tasdiqlangan shtat jadvallari va shtat formulyarlari asosida to‘g‘ri sarf’lanishini nazorat qilish;

·        Stipendiya fondini rektor tomonidan chiqarilgan buyruqlar asosida to‘g‘ri sarflanishini nazorat qilish;

·        Tovar-moddiy boyliklarni belgilangan qoidalar asosida omborxonaga qabul qilish va chiqim qilishni nazorat qilish;

·        Barcha mablag‘larni tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida xarajatlar moddalari bo‘yicha sarflanishini nazorat qilish;

·        Pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklari va asosiy vositalar inventarizasiyasini o‘rnatilgan tartib asosida sifatli o‘tkazilishini nazorat qilish;

·        Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga, soliq inspeksiyasiga va boshqa tashkilotlarga oylik, choraklik va yillik hisobotlarni o‘z muddatlarida topshirilishini nazorat qilish;

 

Bilishi kerak:

·        Bo‘lim faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning hay’at qarorlari, buyruqlari, OTM rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi;

·         OTMsi yillik va istiqbolli rejalarini bilishi,

·        Moliya hamda nazorat-taftish tashkilotlarining buxgalteriya hisobini tashkil etish va hisobotlarni tuzish xususidagi, shuningdek OTM ning moliya-xo‘jalik faoliyatiga, tuzilmasiga va uni rivojlantirish istiqbollariga tegishli barcha uslubiy, me’yoriy hamda boshqa hujjatlar.

Malaka talablari:

·        Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;

·        Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkoriik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;

·        Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi zarur.

·        Bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.

Muxtarov Mirkomil Abduraxmanovich
Icon

Muxtarov Mirkomil Abduraxmanovich

Icon

Bosh hisobchi

Yil banneri

2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”